qoʻllab-quvvatlash · tezfin ilovasi

tezfin ilovasini qoʻllab-quvvatlash

Bizga ilovadan yoki pochta orqali qanday yozish mumkin — va koʻp beriladigan savollarga javoblar.

qanday yozish mumkin

Bizga oʻzingizga qulay usulda yozing

Telefonni silkiting

Ilovaning istalgan ekranida telefonni silkiting — shakl ochiladi. Muammo yoki gʻoyani yozing: qaysi ekranda boʻlganingizni oʻzimiz koʻramiz.

Profil → Qayta aloqa

Xuddi shu shakl menyuda ham bor: Profil → Qayta aloqa. Qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan yozishmalar — Profil → Qoʻllab-quvvatlash.

Pochta

Agar ilova ochilmasa yoki kira olmasangiz. Hisobingiz qaysi pochtaga ochilgan boʻlsa, oʻsha manzilni yozing — aks holda sizni aniqlay olmaymiz.

support@tezfin.uz
koʻp beriladigan savollar

Koʻp beriladigan savollar

Xatdagi kod kelmayapti
«Spam» jildini va pochta manzili xatosiz kiritilganini tekshiring. Xat baribir kelmasa, bir daqiqadan soʻng «Kodni qayta yuborish» tugmasini bosing.
Hisobni qanday oʻchirish mumkin
Ilovada: Profil → Hisobni oʻchirish. Nima darhol oʻchirilishi, nima qonunga koʻra qancha muddat saqlanishi — ushbu sahifada: Hisobni oʻchirish
tezfin qarz beradimi?
Yoʻq. tezfin qarz bermaydi va toʻlov qabul qilmaydi. Ilovadagi kreditlar — faqat oʻzingizning hisobingiz: jadval, qoldiq va toʻlov eslatmalari.
Maʼlumotlarim bilan nima boʻladi
Qanday maʼlumotlarni, nima uchun yigʻishimiz va qancha saqlashimiz bu hujjatda yozilgan: Maxfiylik siyosati
hujjatlar

Qoidalar va maʼlumotlaringiz